Hero image 1 Hero image 2 Hero image 3

Tabiiy
uygʻunlikdagi uy

Tabiiy uygʻunlikdan iborat orzungizdagi uyni o’z didingizga moslashtiring. Honka - nordik uslubidagi yogʻochdan qurilgan uylar 65 yildan beri oilalarga yoqimli boshpana bo’lib, oʻziga rom qilib kelmoqda. Dunyo boʻylab 90 000 atrofidagi ana shunday uslubdagi uylar qurilgan. Yogʻochdan qilingan o’z uyingiz haqida go’zal tassavuringizni boyiting.

Gateway to Nature toʻplami

Bizning hashamatli Gateway to Nature toʻplamimizda ichki va tashqi detallar uygʻun shaklda birlashadi, yaʼni biz tabiatning goʻzalligini uy ichiga olib kiramiz . Keng oʻlchamdagi veranda va balkonlar maftunkor sokin burchaklarni o’zida mujassam etadi. Tashqi manzara serhasham va baland oynalar orqali yanada goʻzal ahamiyat kasb etadi. Yengil hamda nozik dizayn sizga yoqimli hissiyotlar bag’ishlaydi.

Honka Kanto

Honka Kanto

Honka Kanto, Finlyandiyadagi daraxt poyasi nomi bilan atalgan, atrofida mustahkam o’rnashgan, silliq va tekis dizaynga ega. Serhasham va zamonaviy Honka Kantoning asosiy kirish yo’lagi hovlidagi chiroyli manzaraga olib chiqadi. Zamonaviy binoning baland oynalari tabiiy yorugʻlik o’tkazib ajoyib panorama ko’rinishini taqdim etadi.

Umumiy madon: 298 m2

kolaasikuvat_2_MANTO

Honka Manto

Honka Manto uslubida zamonaviy nordik dizayn yirik Amerika saroyi uslubi bilan birlashadi. Fin tilida Manto, uyning maftunkor joylari bir-biriga to’siqsiz o’tishi kabi, suv va ozuqa moddalari ildizlardan daraxt tepasiga o'tadigan yog’ochning tirik qismni bildiradi. Ushbu zamonaviy shedevr cheksiz manzarali koʻrinishlar, nozik va shinam burchaklar hamda klassik jozibaga ega.

Umumiy madon: 559 m2

kolaasikuvat_3_LATVUS

Honka Latvus

Gumbazsimon va havo yaxshi aylanadigan Honka Latvus uslubi oʻz kengligi va nazokati bilan xuddi eng navqiron qaragʻay daraxtiga oʻxshaydi. Fin tilida daraxt tepasi degan ma'noni anglatuvchi Latvus , uyning osmonga cho'zilgan ajoyib qirrali tomini ifodalaydi. Keng oynali veranda xonasida yil davomida vaqt oʻtkazish mumkin.

Umumiy madon: 301 m2

Yangilanish, kenglik va yengillik uchun joy.

Orzularingizga toʻliq moslashuvchan

Bizning material, dizayn va yetakchi texnologiyalarimiz orzuingizdagi uyingizga erishish uchun sizga kerak har qanday tomonga moslashishi mumkin. Qoʻshimcha yotoqxona, qoʻshimcha qavat yoki butunlay yangi qavat dizaynini yaratmoqchimisiz, bizning 60 yildan ortiq tajribamiz va mahoratimiz bilan har qanday yog’och uy haqidagi orzu roʻyobga chiqadi.

Honka Metso Rymattyla Latvia Exterior Lux Bretagne Hero image
quote-icon

Bu yerda, siz yaxshiroq uxlayotganingizni darhol sezasiz. Va devorlar shunchalik mustahkamki, siz tashqaridan tovushni eshitmaysiz.

Hannu, Buyuk Britaniyadagi Honka Lagom uyida yashovchi mijoz

quote-icon

Qulaylik va xona ichidagi havo sifati Honka yog'och uyini tanlashda hal qiluvchi omillar edi. 

Violeta, Latviyadagi Honka Metsuri uyida yashovchi mijoz

quote-icon

Yog‘och chidamliligi tufayli yaxshi tanlov bo'lib chiqdi. Yog'och nafas oladi va namlikni tartibga soladi. 

Frank, Xitoydagi Honka Metso uyida yashovchi mijoz

quote-icon

Yog'och uyda yashash bizning oilamiz uchun yaxshi. Kim biladi deysiz, balki bir kun kelib bizning nabiramiz, hatto ularning farzandi ham shu uyda yashar. 

Kaisa, Finlyandiyadagi Honka Metso uyida yashovchi mijoz

Salomatlikka foydali, davolovchi devorlar.

Sog’lom va xavfsiz hayot

Sog’lom va xavfsiz hayot

Honka uylari toʻliq ekologik va energiya tejamkorligiga ega. Ular organik qurilish materiallari, ichkaridagi sifatli havo va iliq, stressni kamaytiruvchi atmosfera yordamida sogʻlom muhit taqdim etadi. Yogʻoch massivi beton yoki poʻlatdan koʻra yong’inga chidamliroq material sanaladi.

Idealingizdagi uy

Idealingizdagi uy

Bizning premium klass uylarimiz unikal qurilish joyida orzularingizni ro’yobga chiqarish maqsadida individual ravishda loyihalashtiriladi. Biz sizga geografik xususiyatlar, manzarali koʻrinishlar va meʼmorchilik estetikasidan optimal foydalanishda yordam beramiz. Jarayonning har bir qadamida ekspertlar jamoasi siz bilan birga.

Muammosiz yetkazib berish

Muammosiz yetkazib berish

Biz yogʻochdan yasalgan uyingizni xohlagan bosqichda: eng birinchi tasavvurdan, aniq dizayn g’oyasi yoki har qanday istalgan bosqichda yordam beramiz. Honka sodiq mahalliy vakillar yordamida muammosiz yetkazish xizmati bilan mashhur.

Uyingiz haqidagi tassavuringizni qayta yarating

Honka bu - farovonlik uyidir

Honka dizaynida tabiiy goʻzallik va zamonaviy nordik meʼmorchiligi uyg’unlashadi. Uygʻun shakllar, keng manzarali panorama oynalar hamda uzluksiz ichki va tashqi kirishlar har bir lahzada tabiiy ajoyibotlarni oʻzida mujassam qiladi. Bizning avaylab yetishtirgan yogʻochlarimiz har bir devorga goʻzallik beradi va oʻzining yoqimli hidi bilan qamrab oladi.

Honka uylari oʻta zich ignabargli yogʻoch boʻlgan sertifikatlangan finn qaragʻayi va archasidan quriladi. Yogʻochlarimiz daraxtning mustahkam o’zagidan tanlab olinib, ular yoriqsiz yoki juda kichik yoriqli bo’lganligi hisobiga katta koʻtarish kuchini kafolatlaydi.

honka-reference-manninen-exterior-minnakivinen_LEIMA

Orzuingizdagi yogʻoch uyni kashf eting

Ilhomlantiruvchi uy rejalari va Honka yogʻoch uylari namunalari joy olgan eng soʻnggi kataloglarimizni yuklab oling.

Yaxshiroq tanishmoqchimisiz? Ba’zi ajoyib go’yalarni yuklab oling.

Honka-CustomHomes-2024-ETUKANSI-72dpi

Yangi broshuramizni yuklab oling

Mahalliy vakilimiz bilan bog’laning

Saipro Group LCC

26, Bukhoro street,

100029 Tashkent
Uzbekistan